IOC Uzbekistan 2026
Muhtaram hamkasblar!
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda O‘zbekiston katarakta va refraksion jarrohlar jamiyati sizga o‘z ehtiromini bildiradi va 2026-yil 2-3-oktabr kunlari "InterContinental Tashkent" mehmonxonasida (Toshkent sh., Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy, O'zbekiston Respublikasi) bo‘lib o‘tadigan "IOC VI Uzbekistan 2026" VI Xalqaro oftalmologiya kongressida ishtirok etishga lutfan taklif etadi.
Kongress doirasida ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma, shuningdek, yetakchi rossiyalik va xorijiy ekspertlar ishtirokida keng ko‘lamli ilmiy-amaliy va ta’limiy dastur o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
KONGRESS ISHINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
IOC Uzbekistan 2026 ishtirokchilarini nimalar kutmoqda:
Oftalmologik yordamni tashkil etish
Oftalmopatologiyalarni davolashning terapevtik jihatlari
Ko'rish azosi patologiyasini diagnostika qilishning zamonaviy usullari
Bolalar oftalmologiyasi
Glaukoma jarrohligi
Katarakta jarrohligii
Vitreoretinal jarrohlik
Optometriya
Lazerli oftalmojarrohlik
Refraksion jarrohlik
- dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan yetakchi oftalmologlar va olimlarning ma'ruzalari;
- zamonaviy oftalmologiyaning dolzarb yo'nalishlari muhokamasi;
- mahorat darslari, satellit simpoziumlar, klinik holatlar tahlili va ekspertlar bilan kasbiy muloqot qilish imkoniyatlari;
- tadbirning yuksak xalqaro maqomi, professional tajriba almashish va amaliy aloqalarni mustahkamlash.
Ko'zning yallig'lanish kasalliklari
YUSUPOV AZAMAT FARXADOVICH
TASHKILIY QO`MITA
t.f.d., professor, kongress dasturiy qo'mitasi rahbari, Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiyasi markazi direktori, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining bosh oftalmologi, O'zbekiston katarakta va refraksion jarrohlar jamiyati raisi, Toshkent.
Maqolani yuborish uchun quyidagi fayllarni tayyorlash talab etiladi:
Maqolalarni yuborish:
“IOC VI Uzbekistan 2026” VI Xalqaro Oftalmologiya Kongressi materiallari to‘plami.
- Microsoft Word formatidagi maqola matni (doc, docx fayl);
- rasmlar alohida fayllar ko'rinishida .jpg, .tif, *.png formatlarida, 100% o'lchamda 300 dpi ruxsat bilan ilova qilinadi. Word, Power Point dasturlarida yaratilgan illyustratsiyalar
(diagrammalar) tegishli formatdagi fayl bilan ilova qilinadi (doc, docx, ppt, pptx fayllari).

Bitta muallifdan 2 tadan ortiq bo'lmagan maqola qabul qilinadi. Kongress materiallari O'zR OAK (ВАК РУз) yetakchi taqriz qilinadigan ilmiy jurnallar ro'yxatiga kiritilgan jurnalda chop etiladi.
Maqolalarni rasmiylashtirish qoidalari: maqola tuzilishi
1. Titul varag'i;
2. Annotatsiya va kalit so'zlar;
3. Maqolaning mazmuniy  (asosiy) qismi;
4. Bibliografik ro'yxat (Adabiyotlar);
5. Bemorning roziligi;
6. Bayonot: a. manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida; b. moliyaviy qo'llab-quvvatlash to'g'risida;
7. Muallifning hissasi;
8. Tasviriy material;
9. Maqolaning titul varag'i va annotatsiyasi rus, o'zbek va ingliz tillarida rasmiylashtiriladi (chet el fuqarolari bundan mustasno, ular uchun faqat rus va ingliz tillarida) va quyidagilarni o'z ichiga oladi:
  • UDK;
  • maqola nomi – ishning maqsadiga mos keladigan, qisqa va lo'nda nom. Nomni bosh harflar bilan yozish kerak;
  • Familiya (qisqartirishlarsiz), ism va sharif (qisqartirilgan: Ivanov I.I.). Mualliflarning familiyalarini oldingi nashrlardagidek yoki BSI (British Standards Institution) tizimi bo'yicha transliteratsiya qilish tavsiya etiladi. Agar mualliflar bir nechta bo'lsa, tegishli muassasaning har bir familiyasiga raqamli indeks qo'yiladi;
  • ilmiy daraja – yangi qatordan, bosh harf bilan boshlanib, so'ngra kichik harflar bilan (qisqartirishlarsiz);
  • ilmiy unvon (qisqartirishlarsiz, kichik harflar bilan).
Maqolani texnik rasmiylashtirish
Matn 14 o'lchamli Times New Roman shriftida, butun matn 1,0 oraliqda (intervalda), hoshiyalar kengligi barcha tomonlardan 2 sm bo'lishi kerak. Asl maqolaning hajmi 5 betdan oshmasligi kerak (annotatsiya va adabiyotlar ro'yxati bilan birga). Ko'rib chiqish (sharh) maqolalari qabul qilinmaydi!
Hurmatli mualliflar!

Qo'lyozmani tayyorlashda mualliflar Tibbiyot jurnallari muharrirlari xalqaro qo'mitasining (ICMJE) tibbiyot jurnallarida ilmiy ish natijalarini o'tkazish, tavsiflash, tahrirlash va nashr etish bo'yicha tavsiyalariga amal qilishlari kerak. Boshqa nashrlarda chop etilgan yoki nashr etish uchun avval yuborilgan ishlarni tahririyatga yuborish mumkin emas. Tahririyatga kelib tushgan barcha maqolalar plagiatga tekshiriladi.
Qo'lyozmani taqdim etishda mualliflar o'z ishlariga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan moliyaviy va boshqa manfaatlar to'qnashuvini oshkor qilish uchun javobgardirlar. Homiylar mavjud bo'lganda, mualliflar ularning tadqiqot tuzilishini belgilashdagi, ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish va talqin etishdagi, shuningdek olingan natijalarni nashr etish to'g'risida qaror qabul qilishdagi rolini ko'rsatishlari kerak.

Tahririyat maqolalarni qisqartirish va tahrir qilish huquqini o'zida saqlab qoladi. Ushbu talablarga muvofiq rasmiylashtirilmagan qo'lyozmalar ko'rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Zallar va ko'rgazma pavilyonlarining joylashuvi haqida ma'lumot
NAZORAT SANALARI
2026-yil 01-iyungacha
Ariza berish uchun elektron shaklni yoki 1-ilovani to'ldiring va uni eye-center.conf@inbox.ru elektron manziliga yuboring.
Ma'ruzalar bilan ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinadi
2026-yil 01-iyungacha
Maqola biriktirilgan fayl ko'rinishida "Kongress-2026 ga maqola" degan belgi bilan elektron pochta orqali yuborilishi kerak: eye-center.conf@inbox.ru. Fayl nomida birinchi muallifning familiyasi, mamlakati, faylning tartib raqami probel va nuqtalarsiz ko'rsatilishi lozim, masalan: AlievUzbekistan1.
Jurnalda chop etish uchun
info@uzscrs.uz
E-manzil:
Republic of Uzbekistan. City of Tashkent. Yunusabad District. 40A Yangi Yunusabad Street
Manzil:
+998 55 5030199
+998 55 5330199
Telefon:
UzSCRS (O`zbekiston Kataraktolog va Refraktolog Jarrohlari Jamiyati)
info@medialnn.ru
E-manzil:
Rossiya, Nijniy Novgorod, Pushkin ko'ch., 20, 603022
Manzil:
8(831) 411-19-83
Telefon:
Organization of business events
Foydalanuvchi shartnomasi
Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash siyosati
kontaktlar
Email: info@uzscrs.uz / www.uzscrs.uz
Telefon: +998555030199.
O‘zbekiston Respublikasi. Toshkent shahri.
Yunusobod tumani. Yangi Yunusobod ko‘chasi, 40A.
BIZ HAQIMIZDA
Biz haqimizda
A'zolik - Onlayn ro'yxatdan o'tish
Nizom
Maqsadlar
Tadqiqot
Hamkorlar
MENYU
Jamiyat raisining nutqlari
Jamiyatning vazifasi
Jamiyatning maqsadi
Jamiyat tuzilishi
O'zbekiston katarakt va refraktiv jarrohlar jamiyati
Flag Counter
Made on
Tilda